Kirish Ro'yxatdan o'tish

“Manchester Yunayted” futbolchisi 15 oylik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi

“Manchester Yunayted” futbolchisi 15 oylik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi

Baho:
+ | -

Gresiya sudi Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi futbolchisi Harri Maguayrni 2020 yil avgust oyida oilaviy ta’til vaqtida mahalliy barlardan birida yuz bergan mushtlashuvda ishtirok etgani uchun 15 oylik shartli ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qildi. Bu haqda Sky Sports telekanali xabar berdi.

Futbolchiga tan jarohati yetkazish, hibsga olishga qarshilik ko‘rsatish va pora berishga urinish ayblari qo‘yilgan edi va u har uchala band bo‘yicha aybdor deb topildi.

Hodisa Mikonos orolida sodir bo‘lgan. U yerda Maguayr va uning do‘stlari mahalliy barlardan birida boshqa angliyaliklar bilan janjallashib ketgan. Polisiya yetib kelganidan so‘ng, ular huquq-tartibot xodimlariga qarshilik ko‘rsatishga uringan. Oqibatda futbolchi va uning ikki nafar do‘sti hibsga olinib, polisiya bo‘limiga olib ketilgan.

Maguayrning 15 oylik shartli jazosi dastlabki 21 oylik muddatga qaraganda qisqartirilgan va yengillashtirilgan bo‘lsa-da, bu unga qo‘yilgan ayblar bo‘yicha ikkinchi hukm hisoblanadi.

“Qayta sud jarayoni to‘rt marta qoldirildi — oxirgi marta 2025 yil oktyabr oyida “sud hujjatlari ingliz tiliga tarjima qilinmagani” sababli amalga oshmay qolgan edi”, deyiladi xabarda.

Sky Sports ma’lumotiga ko‘ra, Maguayrning advokatlari ushbu hukm ustidan apellyasiya beradi.

Harri Maguayr 32 yoshda. Angliya chempionatining joriy mavsumida himoyachi 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. U “Manchester Yunayted” tarkibida Angliya Kubogi va Angliya Liga Kubogini qo‘lga kiritgan. 2021-yilda Maguayr Angliya terma jamoasi safida Yevropa chempionati kumush medali sovrindori bo‘lgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:57, 04.03.2026.
O'qildi: 4658 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик