Kirish Ro'yxatdan o'tish

APL: «Nyukasl» bir kishi kam bo‘lib qolib ham «Manchester Yunayted»ni mag‘lub etdi (Videosharh)

APL: «Nyukasl» bir kishi kam bo‘lib qolib ham «Manchester Yunayted»ni mag‘lub etdi (Videosharh)

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan bahsda «Nyukasl» o‘z maydonida «Manchester Yunayted» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yin Nyukasldagi «Sent-Djeyms Park» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Birinchi bo‘lim yakunida mezbonlar yarim himoyachisi Jeykob Remsi ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi. Qo‘shib berilgan 6-daqiqada hujumchi Entoni Gordon penaltini aniq amalga oshirib, «qarg‘alar»ni hisobda oldinga olib chiqdi. Tanaffus oldidan «MYU» muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi — 45+9-daqiqada yarim himoyachi Kazemiro gol urdi. Mezbonlar 90-daqiqada Uilyam Osula tomonidan kiritilgan gol evaziga g‘alabani ilib ketishdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Nyukasl» 39 ochko jamg‘arib, APL turnir jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi. «Manchester Yunayted» uchun bu mag‘lubiyat Maykl Kerrik boshqaruvidagi birinchisi bo‘ldi. Jamoa 51 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.

Angliya Premyer-ligasi. 29-tur
05.03.2026 | 01:15
«Sent-Djeyms Park», Nyukasl

«NYUKASL» — «MANCHESTER YUNAYTED» — 2:1
Gollar: Entoni Gordon 45+6’-penalti (1:0), Kazemiru 45+9’ (1:1), Uilyam Osula 90’ (2:1).

«Nyukasl Yunayted»: Ramsdeyl, Tshau, Bern, Xoll, Trippyer, Tonali (Botman, 90+7), Joelinton, Remsi, Barns (Uillok, 46), Elanga (Merfi, 84), Gordon (Osula, 85).

«Manchester Yunayted»: Lammens, Maguayr, Yoro, Shou (Dalot, 61), Mazraui (Malasia, 85), Kazemiru (Ugarte, 61), Maynu (Diallo, 76), Brunu Fernandesh, Kunya, Mbemo (Zirkze, 77), Sheshko.

Ogohlantirishlar: Remsi (26), Mbemo (37), Joelinton (38), Shou (39), Mazraui (64), Trippyer (80).

Chetlatish: Remsi (45, ikkinchi sariq).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 05:25, 05.03.2026.
O'qildi: 1833 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик