Kirish Ro'yxatdan o'tish

Samvel Babayan: «Eng kamida durangga loyiq edik»

Samvel Babayan: «Eng kamida durangga loyiq edik»

Baho:
+ | -

«Qizilqum» — «Andijon» (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etdi.

— Afsuski, bugun muxlislarimizni xursand qila olmadik. Albatta, o‘yinni taxlil qilib chiqamiz. Mag‘lubiyat adolatsiz bo‘ldi. Eng kamida duranga loyiq edik. Shuni alohida ta’kidlab o‘tishim kerakki, «Qizilqum» o‘z uslubida yaxshi harakat qildi. Bizda ham bir qator xavfli vaziyatlar yaratildi. Darvozamizga kiritilgan ikkita gol haqida nima deyishim mumkin? Ikkita zarba va ikkita gol. Himoyadagi xatoliklar evaziga gollar o‘tkazib yubordik. Chempionat endigina boshlandi. Oldinda o‘yinlar ko‘p va o‘z ustimizda ishlashda davom etamiz. O‘ylaymanki, o‘yindan-o‘yinga yanada yaxshilanib boramiz. Bu uchrashuvda esa himoyadagi xatoliklar tufayli gollar o‘tkazib yubordik. Bu esa mag‘lubiyatimizga sabab bo‘ldi. Andijondan uzoq yo‘l bosib kelib bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizdan uzr so‘rayman. Hali mavsum oldinda. Bu mag‘lubiyat barchamizga, ayniqsa, murabbiylar shtabiga saboq bo‘ladi. Keyingi o‘yinlarda maksimal darajada harakat qilib, ochkolar yig‘ib, muxlislarimizni xursand qilamiz.

— Birinchi uchrashuvda jamoangiz 60 foiz o‘z imkoniyatini ko‘rsata olgani haqida aytgandingiz. Bugungi o‘yinda qanday baholaysiz?

— Biz hali ko‘p o‘yin o‘tkazmadik. O‘ylaymanki, o‘yinlarimiz yanada shakllanib boradi. O‘yin sifati bo‘yicha progress bor, deyish mumkin. Ba’zi joylarda xatolarimiz ko‘zga ko‘rindi. Kamchiliklarimiz yo‘q emas va biz hozircha 60 foiz o‘yinimizni ko‘rsata olyapmiz.

— Jamoangizda bo‘ydor futbolchilaringiz bor. Qayerda xato bo‘ldi, deb o‘ylaysiz?

— Afsuski, bir qator to‘g‘rilashimiz kerak bo‘lgan ishlar bor. Vaziyatlarni ko‘rib chiqamiz. Qolaversa, jamoaga tashkilotchilik yetishmadi. «Qizilqum» birinchi turda ham yaxshi harakat qilgandi. Bugun ham ular yaxshi darajada to‘p surishdi. Qolaversa, qarshi hujumlarda havodagi kurashlarda raqibga imkoniyatni boy berdik.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 06:48, 05.03.2026.
O'qildi: 1340 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик