Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Akmal Rustamov: «Andijon» — shakllangan jamoa»

Akmal Rustamov: «Andijon» — shakllangan jamoa»

Baho:
+ | -

«Qizilqum» — «Andijon» (2:1) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Akmal Rustamov ishtirok etdi.

— Bugun ikkinchi turni o‘tkazib oldik. O‘yinni shiddatli va qiyin bo‘lishi aniq edi. «Andijon», umuman vodiy jamoalari kuchaydi. Bu g‘alaba bilan muxlislarimizni, Navoiy xalqini tabriklaymiz. Birinchi o‘rinda futbolchilarga rahmat aytaman. G‘alaba uchun borini berishdi. Reja asosida ish ko‘rdik. O‘yinchilarimiz ko‘rsatmalarimizni bajarishgani uchun g‘alaba qozondik.

— Birinchi turda «Andijon» «So‘g‘diyona»ni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi. O‘sha o‘yinni ko‘rgan bo‘lsangiz, bugungi bahsda raqib sizda qanday taassurot qoldirdi?

— «Paxtakor» bilan uchrashuvdan keyin biz bor e’tiborimizni «Andijon» jamoasiga qaratgandik. «Andijon» shakllangan jamoa. Yulduz o‘ynnchilari bor. Ularni o‘rganib chiqqanimizda to‘pni havodan bir-birlariga uzatishlarini o‘rgandik. Yaxshi hujumchisi — Boakeni to‘psiz qoldirishga harakat qildik. Maydon markazini ham olishga harakat qildik. Rejalarimiz o‘xshadi, hisobni ko‘rib turibsizlaar.

— Jarohat olgan Chabradzeni holati qanday?

— Yaxshi legionerlarimizdan biri Chabradze biz uchun kerakli futbolchi. Turkiyadagi yig‘inda jarohat olgandi. Uni «Paxtakor» bilan uchrashuvda zaxirada qoldirgandik. O‘zinglar ham ko‘rib turibsizlar, u juda samarali futbolchi. Bugun jarohat oldi. Shifokorlarning tashxisidan keyin aniq bo‘ladi.

— Siz uchun uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi kim?

— Bugungi o‘yinda jamoam desam adashmayman. Hamma yigitlarga borlarini berishgani uchun rahmat. Kimnidir ajratib ko‘rsata olmayman. G‘alaba qozonishimiz uchun bir oila bo‘lishimiz kerak. Bir oila bo‘lsak, bizni hech kim yuta olmaydi. G‘alabalarimiz oldinda.

— Asror G‘ofurov o‘tgan o‘yinda himoyada o‘ynagandi. Bugun yarim himoyaga qo‘ydingiz. Bu qaror taktik o‘zgarish bilan bog‘liqmi?

— Bizda shunday futbolchilar borki, bir nechta joyda o‘ynay olishadi. Aynan 3-4 futbolchimiz turli pozisiyalarda to‘p sura oladilar.

— Ilhom Vahobov oldingi mavsumlarda asosiy tarkib o‘yinchisi edi. Hozirda zaxiradan maydonga tushyapti.

— Ilhom Vahobov va Shoxruz Norxonovni Turkiyada olgan jarohatlari biroz jiddiy bo‘lib chiqdi. Tezroq asosiy tarkibga qaytarishga harakat qilamiz. Birdaniga asosiy tarkibga tushirib bo‘lmaydi. Asta-sekin jamoani asosiy tarkibiga qo‘shib boramiz. Ulardan foydalanadigan joylarimiz hali ko‘p.

— Jamoangiz darvozasidan gol o‘tkazgach, yana hujumga o‘tdi, faollashdi. Bunga qadar nima to‘sqinlik qilayotgandi?

— Jamoaga asosiy qo‘yilgan narsa bor. Shuni bajarish kerak. A yoki B reja bo‘ladi. Hisobda oldinda borayotganimizda hammasi yaxshi edi. Gol o‘tkazib yuborgach, nimanidir o‘zgartirishimiz kerak edi. To‘g‘ri qaror qilib, zaxiradan futbolchilarni tushirdik va ular ishonchni oqlashdi.

— Shebetunni o‘yiniga qanday baho berasiz?

— Aytilgan ko‘rsatmalarni hammasini bajardi. Shunday murabbiylar borki, hujumchidan gol talab qiladi. Menga hujumchilar gol urishi shart emas. O‘zlariga qo‘yilgan vazifani bajarib berishsa bo‘ldi. To‘g‘ri o‘ynasak, golni o‘zi keladi.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 06:51, 05.03.2026.
O'qildi: 680 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик