Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

«Milan»ga o‘tishi barbod bo‘lgan Fransiya terma jamoasi hujumchisi safga qaytishga yaqin

«Milan»ga o‘tishi barbod bo‘lgan Fransiya terma jamoasi hujumchisi safga qaytishga yaqin

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi va Angliyaning «Kristal Pelas» klubi hujumchisi Jan-Filipp Mateta tizzasidagi jarohatdan so‘ng tiklanishga yaqin turibdi. Bu haqda «burgutlar» bosh murabbiyi Oliver Glasner «Tottenxem» bilan o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

28 yoshli futbolchi kelasi haftada mashg‘ulotlarga qaytadi va katta ehtimol bilan Konferensiyalar ligasi 1/8 finalining birinchi o‘yinida maydonga tushishga tayyor bo‘ladi.

«Biz kelasi dushanba kuni Matetaning jamoaviy mashg‘ulotlarga qisman qaytishini rejalashtirmoqdamiz. U payshanba kuni «Larnaka»ga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshlamaydi, biroq 15–20 daqiqa o‘ynashi mumkin», — dedi Glasner.

«Hamma jismoniy muammoni jarrohlik amaliyotisiz hal qilishga harakat qilmoqda. Umumiy fikrga ko‘ra, operasiyasiz, konservativ davolanishni sinab ko‘rish eng yaxshi yo‘ldir», — deya qo‘shimcha qildi murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mateta sog‘lig‘idagi muammolar (tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmagani) sababli «Milan»ga o‘ta olmagan edi.

Kiritildi: 11:57, 05.03.2026.
O'qildi: 600 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик