Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tomas Myuller: «Messi bor ekan, Argentina doimo chempionlikka da’vogar bo‘lib qolaveradi»

Tomas Myuller: «Messi bor ekan, Argentina doimo chempionlikka da’vogar bo‘lib qolaveradi»

Baho:
+ | -

Germaniyalik hujumchi Tomas Myullerning fikricha, Lionel Messi Argentina terma jamoasiga navbatdagi jahon chempionatida yana muvaffaqiyat keltirishga qodir.

2022 yilda «albiseleste» ko‘p jihatdan Messining yorqin o‘yini sababli mundial oltin medallarini qo‘lga kiritgan edi. Bo‘lajak turnir davomida «Inter Mayami» hujumchisi 39 yoshni qarshi oladi.

«Modomiki Messi safda ekan, Argentinani doimo g‘alabaga asosiy da’vogar deb hisoblash kerak. 2022 yilda u o‘z resurslarini ideal tarzda taqsimladi: imkon bo‘lganda kuchini tejadi va hal qiluvchi lahzalarda porladi. Uning yo‘qligi kuchlar muvozanatini tubdan o‘zgartirib yuboradi», — deya hozirda «Vankuver Uaytkeps» sharafini himoya qilayotgan Myullerning so‘zlarini keltiradi Inter Miami News Hub.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 bahslari 11 iyundan 19 iyulga qadar bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 12:26, 05.03.2026.
O'qildi: 865 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик