Kirish Ro'yxatdan o'tish

APLning eng tezkor o‘yinchisi La Liga grandlari nishonida

APLning eng tezkor o‘yinchisi La Liga grandlari nishonida

Baho:
+ | -

Londonning «Tottenxem» klubi sharafini himoya qilayotgan niderlandiyalik himoyachi Mikki van de Ven Ispaniya chempionati top-klublarining qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi.

Transfernewslive sahifalarida xabar berilishicha, Kataloniyaning «Barselona» va Madridning «Real» klublari futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.

Van de Venning o‘zi esa «shporlar» bilan yangi mehnat shartnomasini imzolashdan bosh tortdi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2029 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. 24 yoshli niderlandiyalik futbolchining bozor qiymati 65 million yevroni tashkil etadi.

Angliya chempionatining joriy mavsumida himoyachi 26 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:28, 05.03.2026.
O'qildi: 1873 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик