Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

"Arsenal" Raysga zo‘r sherik topdi

"Arsenal" Raysga zo‘r sherik topdi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi maydon markazini kuchaytirish uchun yangi nomzodni tanladi. Indykaila News xabariga ko‘ra, «kanonirlar» «Nottingem Forest» yarim himoyachisi Elliot Andersonni sotib olish bo‘yicha faol qadamlarni tashlamoqda.

«Arsenal» mutasaddilari Deklan Rays va Elliot Anderson juftligi yaqin yillar ichida ingliz futbolida hukmronlik qilishiga ishonishmoqda.

Shu bilan birga, manbaning ta’kidlashicha, ushbu transfer natijasida Martin Subimendi jamoaning «qurboni»ga aylanishi mumkin. Futbolchining Ispaniyaga qaytishi istisno etilmayapti. Kelayotgan yozda Subimendi o‘z oilasi bilan birga klubdagi holatini qayta ko‘rib chiqishni rejalashtirgan. Eslatib o‘tamiz, Martin o‘tgan yozda (2025 yilda) «Real Sosyedad»dan «Arsenal»ga o‘tgan edi.

Ayni damda 23 yoshli Elliot Andersonning transfer qiymati 60 million yevroga baholanmoqda, biroq «Nottingem Forest» o‘z yulduzi uchun ko‘proq mablag‘ talab qilishi mumkin.

Kiritildi: 20:05, 05.03.2026.
O'qildi: 5621 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик