Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Ular ketma-ket to‘rtta o‘yinda g‘alaba qozonishdi": Arbeloa "Selta"ning kuchiga yuqori baho berdi

"Ular ketma-ket to‘rtta o‘yinda g‘alaba qozonishdi": Arbeloa "Selta"ning kuchiga yuqori baho berdi

Baho:
+ | -

«Real Madrid» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Ispaniya La Ligasi doirasidagi «Selta»ga qarshi bo‘lajak uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Bu juda murakkab safar bo‘ladi. Biz ajoyib jamoa va o‘z ishini mahorat bilan bajarayotgan murabbiyga qarshi o‘ynaymiz. «Selta» — juda tartibli va o‘z kuchiga qat’iy ishonch bilan harakat qiladigan jamoa. Bilishimcha, ular ketma-ket to‘rtta o‘yinda g‘alaba qozonishdi. Ular haqiqatan ham chiroyli futbol namoyish etishmoqda.

«Real» kelganida «Balaidos» stadionida doimo ajoyib atmosfera hukmron bo‘ladi. Shunday ekan, bizni navbatdagi qiyin va yuqori darajadagi mas’uliyat talab etadigan bahs kutmoqda», — dedi Arbeloa jurnalistlarga.

«Selta» — «Real» uchrashuvi 6 mart kuni Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da (shanbaga o‘tar kechasi) boshlanadi.

Kiritildi: 21:23, 05.03.2026.
O'qildi: 612 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик