Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arbeloa jarohatlar borasidagi vaziyatni tushuntirdi

Arbeloa jarohatlar borasidagi vaziyatni tushuntirdi

Baho:
+ | -

Kuni kecha «Real» klubi Kilian Mbappe va Jud Bellingemni qo‘shimcha mutaxassislar ko‘rigi uchun tegishlicha Parij va Londonga yuborgani ma’lum bo‘lgan edi. «Qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa ushbu mavzuga doir fikrlarini bildirdi.

«Jud va Kilianning jarohatlari bilan bog‘liq barcha jarayonlar «Real» tibbiy xizmati va jismoniy tayyorgarlik departamenti tomonidan to‘liq tashkillashtirilgan. Bilasizmi, Bellingem va Mbappe London hamda Parijga «Real»ning o‘z mutaxassislari hamrohligida yo‘l olishdi. Shunday ekan, hamma narsa klub nazorati ostida turibdi», — dedi Arbeloa matbuot anjumanida.

Hozirda Alvaro Arbeloa «Real»ni La Liga doirasidagi «Selta»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan safar o‘yiniga tayyorlamoqda.

Kiritildi: 21:57, 05.03.2026.
O'qildi: 644 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик