Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Tottenxem»da tarixiy inqiroz: Klub 50 yildan beri bunday yomon natija qayd etmagan edi

«Tottenxem»da tarixiy inqiroz: Klub 50 yildan beri bunday yomon natija qayd etmagan edi

Baho:
+ | -

Londonning «Tottenxem» klubi Angliya chempionati 29-turining so‘nggi o‘yinini muvaffaqiyatsiz o‘tkazdi. «Shporlar» bahs davomida hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsalar-da, tez orada maydonda bir kishi kam bo‘lib qolishdi, ketidan esa birinchi bo‘lim yakunida o‘z darvozalaridan bir yo‘la uchta to‘p olib chiqishdi.

Bu Angliya chempionati doirasida «Tottenxem» g‘alaba qozona olmayotgan ketma-ket o‘n birinchi o‘yin bo‘ldi.

Klubda bu qadar omadsiz seriya yarim asrdan ko‘proq vaqtdan beri kuzatilmagan edi. Oxirgi marta «Tottenxem» 1975 yilning avgust-oktyabr oylari oralig‘ida chempionatda qatorasiga 11 o‘yinda g‘alaba qozona olmagan.

Angliya chempionati doirasidagi navbatdagi uchrashuvda «Tottenxem» «Liverpul»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 05:58, 06.03.2026.
O'qildi: 802 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик