Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Liverpul" afsonaviy futbolchisining otasi saraton kasalligidan vafot etdi

"Liverpul" afsonaviy futbolchisining otasi saraton kasalligidan vafot etdi

Baho:
+ | -

"Liverpul" klubining sobiq himoyachisi Yon Arne Riise o‘z oilasidagi fojia haqida gapirib berdi. Norvegiyalik futbolchining otasi vafot etdi.

"Qalbim vayron bo‘ldi. Men qayg‘udaman. Men tamom bo‘ldim. Ko‘z yoshlarimni to‘xtata olmayapman. Mening ajoyib dadam vafot etdi... Saraton uning hayotiga tezlik bilan yakun yasadi, lekin umrining oxirigacha uning atrofida oilasi va farzandlari bo‘ldi. U men uchratgan eng yoqimli va mehribon inson edi. Sizni yaxshi ko‘raman, dada. Sizni sog‘inaman! Siz uchun oilamizga o‘zim g‘amxo‘rlik qilaman", – deb yozdi Riise ijtimoiy tarmoqlarda.

Yon Arne Riise 2001 yildan 2008 yilgacha "Liverpul" sharafini himoya qilgan. U jamoa bilan birgalikda Chempionlar ligasi, Angliya kubogi, Angliya liga kubogi, Angliya Superkubogi va Yevropa Superkubogida g‘olib chiqqan.

Kiritildi: 08:32, 06.03.2026.
O'qildi: 1022 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик