Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pedro Palmer bilan munosabatlari haqida gapirdi

Pedro Palmer bilan munosabatlari haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Chelsi» hujumchisi Joao Pedro jamoadoshi Koul Palmer haqida gapirdi.

Braziliyalik va ingliz futbolchilari Premyer-liganing o‘tgan tur bahsida «ko‘klar»ga «Aston Villa»ni tor-mor etishga yordam berishdi (4:1). Pedro o‘z hisobiga xet-trik yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, Palmer bitta gol bilan ajralib turdi.

«Hamma biladiki, Palmer — o‘zgacha futbolchi. U men klubga kelgan ilk kunimdanoq yordam berishga harakat qilmoqda. U bilan birga o‘ynash menga zavq bag‘ishlaydi. Shuningdek, biz maydondan tashqarida ham ko‘p vaqtni birga o‘tkazamiz», — deya jurnalist Lloyd Kenfild Pedroning so‘zlarini keltiradi.

Shanba kuni londonliklar Angliya kubogi doirasida safarda «Reksxem»ga qarshi maydonga tushishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da boshlanadi.

Kiritildi: 08:52, 06.03.2026.
O'qildi: 684 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик