Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Inter» va «Yuventus» qimmat darvozabon uchun kurash olib boradi

«Inter» va «Yuventus» qimmat darvozabon uchun kurash olib boradi

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» va Turinning «Yuventus» klublariga «Atalanta» darvozaboni Marko Karnesekkining transferini amalga oshirish qiyin bo‘ladi.

A Seriya ning har ikki grandi anchadan beri posbonning muvaffaqiyatlarini kuzatib borishmoqda, biroq bergamaliklar o‘zlarining muhim o‘yinchisi bilan xayrlashish niyatida emaslar. Jurnalist Nikolo Skiraning ma’lumotiga ko‘ra, «Atalanta» Karnesekki uchun taxminan 40–50 million yevro talab qiladi — bu mablag‘ni da’vogarlardan hech biri to‘lay olmaydi. Bundan tashqari, italiyalik futbolchi klub bilan shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirishga yaqin turibdi — uning maoshi uch barobarga oshiriladi.

Marko Karnesekki joriy mavsumda «Atalanta» safida 38 ta o‘yinda maydonga tushdi, jami 38 ta gol o‘tkazib yubordi va 14 ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Kiritildi: 11:25, 06.03.2026.
O'qildi: 710 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик