Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Yunayted»ning transfer ro‘yxatida bir qator nomlar bor

«Yunayted»ning transfer ro‘yxatida bir qator nomlar bor

Baho:
+ | -

«Nyukasl» yarim himoyachisi Sandro Tonali — «Manchester Yunayted»ga yoqadigan futbolchilardan biri.

«Yunayted»ning transfer maqsadlari haqida insayder Ben Jeykobs The United Stand strimida so‘zlab berdi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Tonali «MYU»ga maqul kelmoqda, biroq italiyalik futbolchining o‘zi Italiyaga qaytishni orzu qiladi. Shu bilan birga, A Seriya klublarida Sandroni sotib olish borasida moliyaviy qiyinchiliklar bo‘lishi mumkin. APL klubi esa bu vaziyatdan unumli foydalanib qolishi ehtimoli bor.

Jeykobsning ishonch bildirishicha, Manchester jamoasi yozda chap qanot vingerini sotib oladi. Asosiy maqsadlardan biri — «RB Leypsig» a’zosi Yan Diomande. «MYU» ushbu pozisiyani kuchaytirish uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor.

Bundan tashqari, «Yunayted» Dortmundning «Borussiya» klubi himoyachisi Yulian Ryuersonni kuzatib bormoqda. Shuningdek, klub yarim himoyachi Elliot Andersonga ham qiziqish bildirmoqda, biroq «Nottingem Forest» futbolchi uchun hali narx belgilagani yo‘q va uni arzonga sotib yubormoqchi emas.

Kiritildi: 11:36, 06.03.2026.
O'qildi: 4318 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик