Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Nodirbek Abdusattorov: «Umid qilamanki, bu faqat boshlanishi»

Nodirbek Abdusattorov: «Umid qilamanki, bu faqat boshlanishi»

Baho:
+ | -

Praga shaxmat festivali Masters guruhi g‘olibi Nodirbek Abdusattorov turnirdagi g‘alabadan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Grossmeyster turnirni mag‘lubiyatsiz yakunlab, 3 ta g‘alaba qayd etdi. U ayrim partiyalarda hatto ko‘proq ochko olish imkoniyati ham bo‘lganini ta’kidladi (masalan, Vinsentga qarshi bahsda).

So‘nggi turdagi partiya haqida esa Abdusattorov shunday dedi:

“Bugun boshidanoq durang o‘ynashni reja qilgandim. Agar Yorden van Forest qora donalarda Parhamga qarshi g‘alaba qozonganida, tay-brek bo‘lardi. Agar buni uddalay olsa, tay-brek ham juda qizg‘in o‘tardi”.

Nodirbekning so‘zlariga ko‘ra, turnirning eng muhim lahzalaridan biri 8-turdagi David Navaraga qarshi g‘alaba bo‘lgan. Aynan shu natijadan keyin turnirdagi vaziyat deyarli hal bo‘lgan.

Hozirda Abdusattorov live reytingda 2780 ko‘rsatkich bilan dunyo reytingida 4-o‘ringa ko‘tarildi. Biroq shaxmatchi reytingga ortiqcha e’tibor qaratmasligini aytdi.

“Men reyting haqida ko‘p o‘ylamaslikka harakat qilaman. Eng muhimi — barqarorlik. Karlsen va Karuana uzoq vaqtdan buyon yuqori darajada o‘ynab kelayotgani ham aynan shuning natijasidir”.

Shuningdek, Nodirbek turnir davomida otasining yonida bo‘lgani unga alohida motivasiya berganini ham ta’kidladi.

2026 yil rejalari haqida gapirar ekan, Abdusattorov uchun eng muhim musobaqalardan biri O‘zbekistonda o‘tadigan Shaxmat Olimpiadasi bo‘lishini aytdi.

“O‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Umid qilamanki, bu faqat boshlanishi va kelajakda ham shu yo‘sinda davom etadi”.

Manba: https://t.me/uzchesss
Kiritildi: 11:01, 07.03.2026.
O'qildi: 316 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.