Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ernesto Valverde: «Kubarsi qizil kartochkaga loyiq emas edi»

Ernesto Valverde: «Kubarsi qizil kartochkaga loyiq emas edi»

Baho:
+ | -

Bilbaoning «Atletik» klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde «Barselona»ga qarshi kechgan bahsdagi hakamlik borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Hakam haqida hech narsa deya olmayman. Kubarsi qizil kartochkaga loyiq emas edi, chunki Joan Garsiya to‘pga yetib borishi mumkin edi. Inyakida esa hech qanday imkoniyat yo‘q edi. Albatta, men voqealarga doimo o‘z nuqtai nazarimdan va shaxsiy qarashlarimdan kelib chiqib baho beraman», — dedi Valverde jurnalistlarga.

Ispaniya chempionati 27-turidan o‘rin olgan mazkur uchrashuv «Atletik»ning 0:1 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi. O‘yinning 57-daqiqasida kataloniyaliklar himoyachisi Pau Kubarsi jarima maydonchasiga yorib kirishga intilayotgan hujumchi Inyaki Uilyamsni yiqitdi. Hakam bu vaziyatda sariq kartochka ko‘rsatdi, biroq «Atletik» futbolchilari bu qarordan norozi bo‘lib, qizil kartochka talab qilishdi.

Kiritildi: 14:06, 08.03.2026.
O'qildi: 1464 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик