«Nottingem Forest» safida to‘p surayotgan ivuarlik xavbek Ibragim Sangare klubini o‘zgartirishi mumkin. Caught Offside bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «Manchester Yunayted» afrikalik futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Agar «qizil iblislar» foydali taklif bilan chiqishsa, «o‘rmonchilar» yarim himoyachi bilan xayrlashishga tayyor bo‘lishadi. «Nottingem Forest» Sangare transferidan 45-50 million yevro ishlab olmoqchi.
Joriy mavsumda 28 yoshli tayanch yarim himoyachisi 32 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga ikkita gol va uchta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Ibragimning «o‘rmonchilar» bilan mehnat kelishuvi 2028 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.













