«Real»ning yozgi transfer oynasidagi asosiy vazifalaridan biri — maydon markazini kuchaytirish. AS nashrining xabariga ko‘ra, Madrid klubi uchta markaziy yarim himoyachidan iborat short-list tuzib chiqqan. Ushbu ro‘yxatda Rodri yo‘q.
Short-list quyidagicha ko‘rinish olgan: Adam Uorton («Kristal Pelas»), Kes Smit («AZ Alkmaar»), Vitinya («PSJ»).
Avvalroq matbuotda «Real»ning ushbu futbolchilar bilan bog‘liq qiziqishlari haqida xabarlar berilgan edi. Shu bilan birga, «PSJ» bilan bo‘lgan murakkab munosabatlar tufayli madridliklar uchun Vitinyani sotib olish qiyin kechishi aytilmoqda.
26 yoshli Vitinya 110 million yevroga, 22 yoshli Uorton 60 million yevroga, 20 yoshli Smit esa 20 million yevroga baholanmoqda.













