Kirish Ro'yxatdan o'tish

Shevchenko: "Allegri — muvaffaqiyat kafolati"

Shevchenko: "Allegri — muvaffaqiyat kafolati"

Baho:
+ | -

«Milan» klubining sobiq hujumchisi Andrey Shevchenko «rossonerilar» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Allegri — bu muvaffaqiyat kafolati. «Milan»ning cho‘qqiga qaytishi — uning mahsulidir. U jamoaning raqobatbardoshligini tikladi va o‘z ixtiyorida bo‘lgan futbolchilarni yanada kuchaytirdi. U odamlarni o‘z ortidan ergashtirishni va futbolchilarni o‘z tomoniga og‘dirishni biladi. Allegri — dahshatli (kuchli) murabbiy», — deya Shevchenkoning so‘zlarini keltirmoqda Nikolo Skira.

Massimiliano Allegri 2025 yilning may oyida «Milan» boshqaruvini qo‘lga olgan edi. Bungacha u 2010 yildan 2014 yilgacha ham «rossonerilar»ni boshqargan. Uning qo‘l ostida Milan klubi Italiya chempioni bo‘lgan va Italiya Superkubogida g‘olib chiqqan.

Kiritildi: 19:21, 08.03.2026.
O'qildi: 820 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик