Kirish Ro'yxatdan o'tish

Luka Modrich Milan derbisi uchun 60 ta chipta sotib oldi

Luka Modrich Milan derbisi uchun 60 ta chipta sotib oldi

Baho:
+ | -

Yakshanba, 8 mart kuni Italiya chempionatining 28-turi doirasida «Milan» «Inter»ga qarshi maydonga tushadi. «Rossonerilar»ning markaziy yarim himoyachisi Luka Modrich ushbu muhim derbiga alohida tayyorgarlik ko‘rdi. Sky Sport Italia nashrining xabar berishicha, xorvatiyalik futbolchi ushbu uchrashuv uchun 60 ta chipta sotib olgan.

Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:45 da boshlanadigan o‘yinga Modrichning yaqinlari va do‘stlari tashrif buyurishadi. Shuningdek, stadionda futbolchining vatandoshi — Xorvatiya terma jamoasi va «Milan»ning sobiq hujumchisi Mario Manjukich ham bo‘lishi kutilmoqda.

Ayni damda Massimiliano Allegri shogirdlari A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda borishmoqda. 27-turdan keyin peshqadam «Inter» bilan oradagi farq 10 ochkoni tashkil etmoqda.

Kiritildi: 19:30, 08.03.2026.
O'qildi: 1148 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик