Kirish Ro'yxatdan o'tish

Portugaliya chempionati. «Benfika» - «Portu» uchrashuvida jangovar durang qayd etildi, Mourinyo qizil kartochka oldi (Videosharh)

Portugaliya chempionati. «Benfika» - «Portu» uchrashuvida jangovar durang qayd etildi, Mourinyo qizil kartochka oldi (Videosharh)

Baho:
+ | -

Portugaliya chempionatining 25-turi doirasida bo‘lib o‘tgan markaziy uchrashuvda «Benfika» va «Portu» 2:2 hisobida durang o‘ynashdi. Bahs Lissabondagi «Eshtadiu da Luj» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Birinchi bo‘limda mehmonlar safida Viktor Froxoldt va Oskar Piyetushevski gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Ikkinchi bo‘limda esa mezbonlardan Andreas Shelderup farqni qisqartirgan bo‘lsa, 89-daqiqada Leandru Barreyru hisobni tenglashtirdi.

O‘yinning 90+1-daqiqasida «Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyo va zaxiraga olingan himoyachi Nikolas Otamendi qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi.

Ayni damda «Benfika» 59 ochko bilan chempionat jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. «Portu» esa 66 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:53, 09.03.2026.
O'qildi: 1170 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик