Madridning «Real» klubi sobiq hujumchisi Karim Benzema jamoaning joriy mavsumdagi muammolari sabablari haqida fikr bildirdi.
«Qaymoqranglilar» yil boshida Xabi Alonso bilan xayrlashib bo‘lishgan, biroq Alvaro Arbeloa qo‘l ostida ham hozircha barqarorlikka erisha olishmayapti.
«Real»ga faqatgina yulduzlar — Mbappe, Vinisius, Bellingem va Rodrigo o‘rtasidagi aloqa yetishmayapti. Har bir futbolchi maydondagi o‘z vazifasini bilishi lozim. Bellingem o‘zining to‘purar emas, balki pleymeyker ekanini tushunishi kerak. Mbappe — to‘purar, lekin pleymeyker emas. Vini — chap qanot vingeri, tayanch yarim himoyachisi emas. Qachonki har bir o‘yinchi maydonda nima qilish kerakligini anglab yetsa, hammasi o‘zgaradi. Shundagina bir jamoaga yig‘ilgan dunyoning eng yaxshi futbolchilari borasidagi bahslarga chek qo‘yamiz», — deya hozirda «Al-Hilol» sharafini himoya qilayotgan Benzemaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Madrid Universal.
Madrid grandi 27-turdan so‘ng La Liga turnir jadvalida «Barselona»dan to‘rt ochko ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.













