«Barselona» prezidenti lavozimiga nomzod Joan Laporta jamoa hujumchisi Lionel Messiga haykal o‘rnatish rejasi borligini tasdiqladi hamda «ko‘k-anorranglilar»ning sobiq bosh murabbiyi Xavini tanqid qildi.
«Gap shundaki, biz Messiga haykal o‘rnatmoqchimiz va stadion to‘liq qurib bitkazilganidan keyin uning sharafiga xayrlashuv uchrashuvini ham o‘tkazishni rejalashtiryapmiz.
Xavi intervyusida nega men uni ishdan bo‘shatganim sabablarini tushuntirib beryapti. U o‘ziga ortiqcha ishonib ketdi va kasbiy hamda shaxsiy hayotini birga olib bora olmadi. U “Barsa” “Real” bilan raqobat qila olmasligini aytdi, o‘yinchilarni almashtirishni so‘radi, men esa Xaviga bunday tarzda ishlashni davom ettira olmasligini aytdim», — dedi Laporta Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.
Avvalroq Xavi «Barselona» rahbariyatini ispaniyalik mutaxassis klubda ishlagan davrda jamoa tarkibini kuchaytirishni istamagani uchun tanqid qilgani, shuningdek ishdan bo‘shatilishi tafsilotlari haqida gapirgani xabar qilingan edi.













