Alisson va Federiko Kyeza «Liverpul»ning ertaga «Galatasaroy»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinida ishtirok etmaydi. Darvozabon va yarim himoyachi Chempionlar ligasi doirasidagi bahs uchun jamoa bilan birga Istanbulga yo‘l olmadi.
«Fede kecha oqshom o‘zini yomon his qildi. Ali ham mashg‘ulotlarda qatnashdi, biroq yakunga yaqin nimadir noto‘g‘ri ekanini sezdi. U tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va biz birgalikda uning safarga tayyor emasligi haqida qaror qabul qildik.
Uning yakshanba kuni maydonga tushish ehtimoli, shubhasiz, bor. Bu jiddiy muammo emas, lekin ertangi o‘yin u uchun juda ertalik qiladi», — deb ma’lum qildi «qizillar» bosh murabbiyi Arne Slot o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Yakshanba kuni «Liverpul» APLning 30-turi doirasida «Tottenxem»ni qabul qiladi.













