Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

Kuman Messi va Pedri o‘rtasidagi aloqa qanday bo‘lganini aytib berdi

Kuman Messi va Pedri o‘rtasidagi aloqa qanday bo‘lganini aytib berdi

Baho:
+ | -

Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi, ilgari «Barselona»da faoliyat yuritgan Ronald Kuman Pedri va Lionel Messi o‘rtasidagi hamkorlik haqida so‘zlab berdi.

Aynan niderlandiyalik mutaxassis qo‘l ostida ispaniyalik yarim himoyachi «ko‘k-anorranglilar»ning asosiy tarkibidagi ilk qadamlarini tashlagan edi.

«O‘shanda men Pedri bilan endigina tanishgandim. «Barselona» uni «Las-Palmas»dan sotib olgandi va men uning kimligini bilmasdim. Dastlab uni ijaraga berib yuborish rejalashtirilgan edi. Ikki kunlik mashg‘ulotlardan so‘ng uning aql bovar qilmas futbolchi ekanligini tushundim, lekin meni eng ko‘p hayratda qoldirgan narsa uning Messi bilan o‘zaro tushunishi bo‘ldi: Leo doimo u bilan o‘ynashga harakat qilar, faqat unga pas berardi. Ishoning, agar Messi sizni qadrlamasa, sizga doimiy ravishda pas bermaydi — u shunchaki sizni chetlab o‘tadi. Men uchun bu Pedrini olib qolish haqidagi qarorim to‘g‘ri bo‘lganining yakuniy tasdig‘i bo‘lgandi», — dedi Kuman.

Murabbiy 2021 yilda, Messi jamoani tark etganidan ko‘p o‘tmay, «Barsa»dan iste’foga chiqarilgan edi.

Kiritildi: 12:47, 10.03.2026.
O'qildi: 974 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик