Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Superliga 3-tur: Farg‘onada derbi, "Paxtakor" "Navbahor"ni qabul qiladi

Superliga 3-tur: Farg‘onada derbi, "Paxtakor" "Navbahor"ni qabul qiladi

Baho:
+ | -

10 mart kuni O‘zbekiston Superligasining 3-turi doirasidan o‘rin olgan bahslar start oladi. Dastlabki kunda muxlislar bir emas, ikki markaziy uchrashuvga guvoh bo‘lishadi.

Tur vodiy derbisi bilan boshlanadi. 2026 yilgi mavsumda o‘z oldiga sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishni maqsad qilgan "Andijon" jamoasi bu turda "Istiqlol" stadionida musobaqaning amaldagi chempioni "Neftchi" klubiga mehmon bo‘ladi.

Ushbu klublar shu vaqtga qadar barcha musobaqalarda 55 bor o‘zaro to‘qnash kelgan. Mazkur bahslarning 36 tasida farg‘onaliklar g‘alaba qozongan. 10 ta uchrashuvda esa "burgutlar"ning qo‘li baland kelgan. Yana 9 ta o‘yin durang natija bilan yakunlangan.

Jamoalarning o‘zaro o‘tkazgan so‘nggi 4 ta o‘yinida Farg‘ona klubi ustunlikka ega. Ya’ni 2025 yilda bo‘lib o‘tgan har ikki bahsda "Neftchi" jamoasi 2:0 hisobida g‘alaba qozongan. 2024 yilda o‘tkazilgan har ikki o‘yinda esa durang natija qayd etilgan.

Xo‘sh, Islom Ismoilov boshchiligidagi jamoa muvaffaqiyatli seriyasini davom ettira oladimi? Yoki yangilangan "Andijon" 6 yildan keyin yana Farg‘onadan g‘alaba bilan qaytadimi? Buni bugun soat 19:00 da start oladigan o‘yinni kuzatish orqali bilib olamiz.

Birinchi turda Samarqanddan g‘alaba bilan qaytib, ikkinchi turda Buxorodan kutilmagan mag‘lubiyatni qabul qilib olgan "Navbahor" klubi ushbu turda Toshkentda "Paxtakor" mehmoni bo‘ladi. Ta’kidlash kerakki, "Paxtakor" 2026 yilgi mavsumni ketma-ket 2 ta g‘alaba bilan boshladi.

Ushbu klublar shu vaqtga qadar barcha musobaqalarda 83 bor o‘zaro to‘qnash kelgan. Mazkur bahslarning 48 tasida poytaxtliklarning qo‘li baland kelgan. 17 ta uchrashuvda esa "lochinlar" g‘alaba qozonishgan. Yana 18 ta o‘yin durang bilan yakunlangan.

Jamoalarning Superligada o‘zaro o‘tkazgan so‘nggi 4 ta bahsida mutlaq tenglik kuzatilmoqda. Bu o‘yinlarning 2 tasi durang bilan yakunlangan bo‘lsa, qolgan 2 bahsda jamoalar bittadan g‘alabani qo‘lga kiritishgan.

Xo‘sh, bu gal qanday natija qayd etiladi? Bu savolga bugun soat 20:00 da start oladigan uchrashuvni tomosha qilish orqali javob topamiz.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 12:53, 10.03.2026.
O'qildi: 305 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.