Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kvarasxeliya nima sababdan «PSJ»ga o‘tganini tushuntirdi

Kvarasxeliya nima sababdan «PSJ»ga o‘tganini tushuntirdi

Baho:
+ | -

«PSJ»ning gruziyalik vingeri Xvicha Kvarasxeliya nima sababdan «Napoli»dan Parij klubiga ko‘chib o‘tgani haqidagi savolga javob berdi.

«Menda boshqa variantlar ham bor edi, ammo Luis Enrike va Luish Kampush «PSJ» loyihasini menga qanday taqdim etishgani menda katta taassurot qoldirdi. Men hech ikkilanmay rozi bo‘ldim. «PSJ»ga o‘tishni orzu qilardim va klub vakillari men bilan bog‘lanishganda, haqiqatan ham jahon darajasidagi futbolchiga aylanganimni anglab yetdim», — deya Kvarasxeliyaning so‘zlarini keltiradi Le Parisien nashri.

Kvarasxeliya 2025 yilning yanvarida «PSJ» safiga qo‘shilgan edi. Ushbu mavsumda 25 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 34 ta uchrashuvda ishtirok etib, 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 14:24, 10.03.2026.
O'qildi: 538 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик