Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Football365: "Chelsi" "Barselona"ning 3 nafar futbolchisi uchun 250 million yevro sarflashi mumkin

Football365: "Chelsi" "Barselona"ning 3 nafar futbolchisi uchun 250 million yevro sarflashi mumkin

Baho:
+ | -1

Londonning «Chelsi» klubi yozgi transfer oynasida tarkibini sezilarli darajada kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Football365 nashrining ta’kidlashicha, «aristokratlar» «Barselona»ning uch nafar yulduz futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan. Bular — vinger Rafinya, himoyachi Jyul Kunde hamda yarim himoyachi Dani Olmodir.

Qayd etilishicha, «Chelsi» rahbariyati ushbu trio uchun jami 250 million yevro sarflashga tayyor. Xabarlarga ko‘ra, klub egasi Todd Boeli ushbu transferlar orqali jamoaning hujum va himoya chizig‘idagi muammolarini hal qilmoqchi.

Avvalroq OAVda «Barselona» moliyaviy holatini barqarorlashtirish maqsadida kelasi yozda o‘z yetakchi futbolchilarini sotish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu vaziyat «Chelsi»ga o‘z maqsadini amalga oshirish uchun yaxshi imkoniyat yaratishi mumkin.

Kiritildi: 17:00, 10.03.2026.
O'qildi: 8714 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик