Kirish Ro'yxatdan o'tish

Santos "Yuventus"ga o‘tishi mumkin

Santos "Yuventus"ga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

«Chelsi» yarim himoyachisi Andrey Santos faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

NTVASCO nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, braziliyalik futbolchining transferiga «Yuventus» qiziqish bildirmoqda. Turin klubi shu yozda 21 yoshli futbolchini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Andrey Santos 2023 yilda «Vasko da Gama»dan «Chelsi» safiga 12 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning London klubi bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi «ko‘klar» safida barcha musobaqalarda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Santosning transfer qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 23:12, 10.03.2026.
O'qildi: 683 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик