Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv

Eden Azar: «Vinisius 30 yoshida faoliyatini yakunlasa, hayron qolmayman»

Eden Azar: «Vinisius 30 yoshida faoliyatini yakunlasa, hayron qolmayman»

Baho:
+ | -

Belgiyalik sobiq futbolchi Eden Azar Vinisius Juniorning ehtimol uzoq vaqt futbol o‘ynamasligi haqida taxmin qildi.

«Vini futbolni yaxshi ko‘radi, u ham xuddi mening vaqtimdagidek, shunchaki maydonga tushib, o‘yindan zavq olishni istaydi. U haqida gapirganda, o‘yinidan ko‘ra ko‘proq atrofidagi mojarolarni eslaymiz. Odamlar uning naqadar noyob futbolchi ekanini unutib qo‘yishga moyillar.

Ba’zida unga achinaman. U o‘yin vaqtida nimalarga duch kelishini, u haqida nimalar deyishayotganini biladi. Doimiy ravishda jazolash haqida gapiriladi, lekin amaliy choralarga kelganda hech narsa o‘zgarmaydi. Menimcha, bu u uchun jiddiy stress. Agar u 30 yoshida faoliyatini yakunlasa, bundan hayron qolmayman», — deya Madrid Xtra Azarning so‘zlaridan iqtibos keltiradi.

Kelayotgan yozda Vinisius 26 yoshini qarshi oladi. Uning «Real» bilan shartnomasi 2027 yilga qadar mo‘ljallangan.

Eden Azarning o‘zi esa 32 yoshida futbolchilik faoliyatiga nuqta qo‘ygan edi.

Kiritildi: 12:46, 11.03.2026.
O'qildi: 2051 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик