Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Lyorente: "Chempionlar Ligasida 5 ta gol urish hech qachon oson bo‘lmaydi"

Lyorente: "Chempionlar Ligasida 5 ta gol urish hech qachon oson bo‘lmaydi"

Baho:
+ | -

Madridning "Atletiko" klubi o‘yinchisi Markos Lyorente Chempionlar Ligasi doirasida "Tottenxem"ga qarshi kechgan bahsdagi g‘alaba haqida to‘xtalib o‘tdi. Musobaqaning 1/8 finalidan o‘rin olgan ilk uchrashuv Ispaniya klubiga 5:2 hisobidagi natijani taqdim etdi.

"O‘yin oldidan har birimiz 5 ta gol urilgan natijaga jon deb rozi bo‘lardik. Chempionlar Ligasida bunga erishish hech qachon oson bo‘lmaydi. Ammo o‘tkazib yuborilgan 2 ta gol biroz aralash tuyg‘ularni qoldirdi. Shunga qaramay, javob o‘yini oldidan bizda yaxshi ustunlik bor", — deya Lyorentening so‘zlarini keltiradi UEFA sayti.

Lyorente uchrashuvning 6-daqiqasida 15 metrlardan yo‘llangan zarba bilan gol muallifiga aylandi. Ushbu gol darvozabon Kinskining to‘pni chiqarib yuborishdagi xatosi, shuningdek, Lukman va Alvaresning aniq harakatlari natijasida yuzaga keldi.

"Tottenxem" va "Atletiko" o‘rtasidagi ikkinchi uchrashuv 18 mart kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 16:50, 11.03.2026.
O'qildi: 737 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик