Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Alfonso Devis 25 yoshida faoliyatini yakunlashi mumkin

Alfonso Devis 25 yoshida faoliyatini yakunlashi mumkin

Baho:
+ | -

"Bavariya" himoyachisi Alfonso Devis 25 yoshida butsalarini mixga ilishi mumkin.

TopSkills Sports UK nashrining xabar berishicha, kanadalik futbolchi kecha Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasidagi "Atalanta"ga qarshi o‘yinda (6:1) olgan navbatdagi jarohatidan so‘ng faoliyatini yakunlash imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Himoyachining son sohasi orqa mushaklari yirtilgani aniqlangan.

"Bavariya" Devisni bunday qarordan qaytarishga qattiq harakat qilmoqda. Agar futbolchi baribir faoliyatini yakunlashga qaror qilsa, Myunxen klubi unga "Bavariya"ga bo‘lgan sadoqati uchun minnatdorchilik sifatida jamoa tuzilmasida maxsus lavozimni taklif qilishga tayyor.

Joriy mavsumda Alfonso Devis "Bavariya" safida barcha turnirlarda 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 22:27, 11.03.2026.
O'qildi: 1850 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик