Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Jon Obi Mikel: "Arteta transferlarga qariyb bir milliard sarfladi, lekin faqat burchak to‘plari bilan yutmoqchi"

Jon Obi Mikel: "Arteta transferlarga qariyb bir milliard sarfladi, lekin faqat burchak to‘plari bilan yutmoqchi"

Baho:
+ | -

"Chelsi" klubining sobiq futbolchisi Jon Obi Mikel Mikel Arteta qo‘l ostidagi "Arsenal" jamoasining o‘yinini tanqid qildi.

"Hozirgi "Arsenal"ning o‘yinini kuzatar ekanman, ular to‘liq va istisnosiz ravishda burchak to‘plariga tayanib qolishganini ko‘raman. Mikel Arteta transferlar uchun qariyb bir milliard, qariyb bir milliard mablag‘ sarfladi. Siz o‘yinlarda g‘alaba qozonishning yagona yo‘li burchak to‘plari demoqchimisiz? Bu kulgili.

"Arsenal" muxlislarining jamoa o‘yin uslubidan shikoyat qilmayotganliklarining yagona sababi — klub APLda peshqadamlik qilayotganida. Ha, agar jamoa turnir jadvalining yuqorisida bo‘lmaganida, ular o‘zlariga yoqmayotgan bu o‘yin uslubidan noligan bo‘lardilar", — deya Obi Mikelning so‘zlarini keltiradi TEAMtalk.

Ayni damda "Arsenal" 67 ochko jamg‘argan holda APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Kanonirlar" ikkinchi o‘rinda borayotgan "Manchester Siti"ni yetti ochkoga ortda qoldirmoqda, biroq "shaharliklar" hisobida bitta zaxira o‘yini mavjud.

Kiritildi: 22:29, 11.03.2026.
O'qildi: 844 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик