Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Donnarumma: "Biz hayratlantirishga tayyormiz"

Donnarumma: "Biz hayratlantirishga tayyormiz"

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" darvozaboni Janluidji Donnarumma Chempionlar Ligasi doirasidagi "Real"ga qarshi to‘qnashuvdan kutilmalari bilan o‘rtoqlashdi. 1/8 finalning ilk o‘yini bugun "Santyago Bernabeu" stadionida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

– "Real" favoritmi?

– Shubhasiz, ular ushbu Chempionlar Ligasi favoritlari qatorida. Tarixning o‘zi hammasini aytib turibdi. Ular bunday o‘yinlarga o‘rganishgan, ammo ular biz kabi hayratlantirishga tayyor jamoa bilan to‘qnash kelishadi. Biz g‘alabaga ochmiz va oxirigacha kurashamiz. Biz u yerdagi muhitni bilamiz va bunday vaziyatlarni to‘g‘ri boshqarish muhim. Oldinda bizni ikkita o‘yin kutmoqda.

– "Manchester Siti"ni Chempionlar Ligasining potensial g‘olibi deb hisoblaysizmi?

– Titul uchun kurashni davom ettira oladigan bir nechta jamoalar bor. Ular kuchli. O‘tgan mavsumda 1/8 final oldidan hech kim "PSJ"ni yaqqol favorit deb hisoblamagan edi, hammasi vaziyatga bog‘liq. Hozir biz yo oldinga yuradigan, yoki mag‘lub bo‘ladigan pallaga yaqinlashmoqdamiz — kamroq tavakkal qilish va kamroq xatoga yo‘l qo‘yishga to‘g‘ri keladi, chunki Chempionlar Ligasida har bir detal katta ahamiyatga ega, — dedi Donnarumma.

Kiritildi: 22:55, 11.03.2026.
O'qildi: 639 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик