Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya 3-0 Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr
04/07 03:00 Argentina - Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya - Gana

"Barselona" marokashlik yangi iqtidorni topdi

"Barselona" marokashlik yangi iqtidorni topdi

Baho:
+ | -

"Barselona" klubi "Strasbur"ning 20 yoshli marokashlik vingeri Jessim Yassinaning vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Africafoot nashri xabar bermoqda.

Manbalarning qayd etishicha, futbolchi yanvar oyida Fransiya Ikkinchi ligasida ishtirok etuvchi "Dyunkerk" klubidan "Strasbur"ga o‘tganidan so‘ng o‘z o‘yini bilan e’tiborni tortgan. Yassina hozirda Yevropa futbolida to‘p surayotgan eng istiqbolli yosh marokashlik iste’dodlardan biri hisoblanadi. Ushbu transfer "Barselona"ning yosh o‘yinchilar orasidan bo‘lajak yulduzlarni izlash strategiyasiga to‘la mos keladi.

Yassina "Strasbur" safida Fransiya chempionati va Kubogi doirasida jami 7 ta o‘yinda maydonga tushdi. Hozircha vinger samarali harakatlar (gol yoki pas) bilan ajralib turgani yo‘q.

Kiritildi: 23:15, 11.03.2026.
O'qildi: 2098 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик