Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv

Doku "Manchester Siti" bilan yangi shartnoma imzolamoqchi, ammo bir sharti bor

Doku "Manchester Siti" bilan yangi shartnoma imzolamoqchi, ammo bir sharti bor

Baho:
+ | -

Hujumchi Jeremi Doku "Manchester Siti" bilan yangi shartnoma imzolashni istamoqda.

TEAMtalk nashrining xabariga ko‘ra, belgiyalik futbolchi shu yozda "shaharliklar" bilan yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish niyatida. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan bo‘lsa-da, u klubdagi uzoq muddatli roli borasida aniqlik kiritib olmoqchi. Doku yangi shartnoma imzolashdan oldin bosh murabbiy Xosep Gvardiolaning rejalarida muhim o‘rin tutishi bo‘yicha kafolatlar olmoqchi, chunki "Manchester Siti" hujum chizig‘ida raqobat sezilarli darajada oshgan.

Jeremi Doku 2023 yilda "Renn"dan "Manchester Siti"ga 60 million yevro evaziga o‘tgan edi. Joriy mavsumda forvard "shaharliklar" safida barcha turnirlarda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 23:17, 11.03.2026.
O'qildi: 692 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик