Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Kin, Girassi yoki Vlaxovich — "Milan" kimni tanlaydi?

Kin, Girassi yoki Vlaxovich — "Milan" kimni tanlaydi?

Baho:
+ | -

"Milan" klubi Moyze Kinni sotib olishni ko‘zlamoqda.

La Gazzetta dello Sport nashrining tasdiqlashicha, "rossonerilar" aynan shu turdagi hujumchiga ehtiyoj sezmoqda va "Fiorentina" futbolchisini qanchaga sotib olish mumkinligini aniqlashtirish niyatida.

Iyul oyining dastlabki 15 kuni davomida futbolchining shartnomasida 62 million yevrolik tovon puli haqidagi band amal qiladi. Biroq Kinning u qadar muvaffaqiyatli chiqmagan mavsumidan so‘ng (A Seriyaning 24 ta o‘yinida 8 ta gol), bu raqamlar katta ahamiyatga ega emas. Milanliklar yaqin bir necha hafta ichida qancha miqdorda chegirma olish mumkinligi bo‘yicha ma’lumot to‘plamoqchi.

Moyze yiliga 4,5 million yevro maosh oladi va u "Milan" bosh murabbiyi Massimiliano Allegriga "Yuventus"dagi faoliyati orqali juda yaxshi tanish.

Shuningdek, "qizil-qoralar" Kinga muqobil sifatida Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Seru Girassi nomzodini ham ko‘rib chiqishmoqda. Dushan Vlaxovichga bo‘lgan qiziqish ham saqlanib qolgan, biroq serbiyalik futbolchi "Yuventus" bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlagan.

Kiritildi: 23:21, 11.03.2026.
O'qildi: 896 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик