Kirish Ro'yxatdan o'tish

Dushan Vlaxovich og‘ir jarohatdan so‘ng safga qaytdi

Dushan Vlaxovich og‘ir jarohatdan so‘ng safga qaytdi

Baho:
+ | -

Italiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, "Yuventus"ning serbiyalik hujumchisi Dushan Vlaxovich og‘ir jarohatdan so‘ng to‘liq tiklandi. Serb ushbu jarohatni o‘tgan yilning noyabr oyida olgan edi. Chorshanba kuni u "byankonerilar" tarkibida to‘liq mashg‘ulot o‘tkazdi.

Kutilishicha, Vlaxovich A Seriyaning navbatdagi turidan o‘rin olgan "Udineze"ga qarshi o‘yin uchun "Yuve" qaydnomasidan joy oladi.

Joriy mavsumda Vlaxovich jarohat olguniga qadar barcha turnirlarda jami sakkizta samarali harakatni amalga oshirishga ulgurgan edi: oltita gol va ikkita golli uzatma. Transfermarkt portali 26 yoshli hujumchini 35 million yevroga baholamoqda. Uning "Yuve" bilan shartnomasi kelayotgan yozning o‘rtasiga qadar amal qiladi.

Kiritildi: 23:30, 11.03.2026.
O'qildi: 580 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик