Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya 1-1 Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton 3-0 Arsenal
19/09 19:00 Everton 1-0 Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl 2-1 Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao 0-0 Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor 2-1 Buxoro
19/09 21:00 Roma 2-2 Inter
19/09 21:30 Selta 5-0 Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest 0-1 Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya 0-2 Lasio
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron 0-0 Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum

Ivan Boshkovich: «Futbolchilarga e’tirozim yo‘q, bir ochkoni haqli qo‘lga kiritdik»

Ivan Boshkovich: «Futbolchilarga e’tirozim yo‘q, bir ochkoni haqli qo‘lga kiritdik»

Baho:
+ | -

Superliganing 3-turi doirasida o‘tkazilgan OKMK — «So‘g‘diyona» (2:2) uchrashuvidan so‘ng jizzaxliklar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O‘yin haqida fikringiz?
— Har doim bo‘lgani kabi OKMK va «So‘g‘diyona» o‘rtasidagi uchrashuv yana qiziq kechdi. Muxlislar qiziqarli bahs guvohi bo‘lishdi deb o‘ylayman. Intriga o‘yin oxirigacha saqlab qolindi. Reja bo‘yicha ish olib bordik va birinchi golni urdik. Shundan so‘ng raqib tomonidan bosimga duch keldik, havodan ko‘p to‘p uzatishlar amalga oshirildi, qanotdan va o‘rtadan to‘p uzatishlarni ko‘rdik. G‘alabani saqlab qola olmadik, ammo oxirigacha kurashdik. Futbolchilarga e’tirozim yo‘q, bir ochkoni haqli qo‘lga kiritdik. FIFA kunlariga qadar yana bitta o‘yinimiz qoldi, shu uchrashuvni ham ko‘tarinki ruhda o‘tkazishga harakat qilamiz.

— Qiziqarli o‘yin uchun sizga ham rahmat. Savolim shunday: Lyupcho Doriyev almashtirilishi nima bilan bog‘liq? Chunki usiz jamoa o‘zgarib qoldi.

— Kichik jarohat ro‘y berdi. Shu bois futbolchimiz holati bilan tavakkal qilishni xohlamadik. Oldinda «Paxtakor»ga qarshi bahs kutmoqda, shuning uchun Doriyevni almashtirdik va keyingi o‘yinga saqlashga qaror qildik. Doriyevsiz ham jamoa o‘ynashda davom etdi. Gol urdik. To‘g‘ri, Doriyev biz uchun muhim futbolchi, uning o‘yinchilik mahoratiga ko‘z yuma olmaymiz, lekin futbolni butun jamoa o‘ynaydi.

— Jamoangiz o‘tgan yilgidek mavsumni yomon boshladi. Uchta o‘yinda atigi bir ochko va bir nechta gollar o‘tkazib yuborish. Bu nima bilan bog‘liq?

— Bundan afsuslanish kerak emas deb o‘ylayman. Hali oldinda o‘yinlar ko‘p. Hammaning o‘z muammolari bor. Jarohatlar xalal beryapti: Qahramonov, Ivanovichda jarohat bor. Qobilov qizil kartochka olib qoldi. Biz uchun hamma futbolchilar qadrli, zaxiradagilar ham. Shuning uchun dod-faryod chekmoqchi emasmiz. Hamma o‘z ishini qilyapti. Rahbariyat bizga eng yaxshi sharoitni qilib berishga harakat qilmoqda. Taslim bo‘lganimiz yo‘q.

— Mirkovich uch o‘yinda 8 ta gol o‘tkazdi. Unga keyingi uchrashuvda ham ishonasizmi? Umuman jamoada darvozabonlar orasida raqobat qanday?

— Darvozabon uchun gol o‘tkazishdan o‘tkazmaslik yaxshi degan gap bor. Buni bilamiz. Lekin o‘yinda gollarni butun jamoa o‘tkazyapti, faqat darvozabon emas. Men ham o‘z paytimda ko‘p yil futbol o‘ynaganim uchun maydonda nimalar sodir bo‘layotganini juda yaxshi tushunaman. Mirkovich — yaxshi darvozabon, u moslashuv jarayonini boshdan o‘tkazyapti. Bu tabiiy hol. Vaqti kelib u ham o‘zini ko‘rsatadi, mana ko‘rasiz. Yaxshi natijalar albatta bo‘ladi. Shov-shuv ko‘tarish kerak emas, ishlashda davom etsak, hammasi yaxshi bo‘ladi.

Manba: https://t.me/pfcsogdianauz
Kiritildi: 23:04, 12.03.2026.
O'qildi: 957 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик