Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» «Chelsi» vingerini nishonga oldi

«Barselona» «Chelsi» vingerini nishonga oldi

Baho:
+ | -1

«Chelsi» vingeri Pedru Netu «Barselona»ning transfer qiziqishlari ro‘yxatiga tushdi. Jurnalist Fernando Poloning xabar berishicha, «ko‘k-anorranglilar» portugaliyalik futbolchining o‘yinini kuzatib borishmoqda va agar kelayotgan yozda hujum qanotlarini kuchaytirish zarur deb topilsa, uni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqishlari mumkin.

Kataloniya klubi skautlari Netu haqida «juda ijobiy» hisobotlarga ega, 26 yoshli futbolchining agenti Jorje Mendesh esa sport direktori Deku va «Barsa» rahbariyati bilan faol aloqada bo‘lib turibdi. Hozircha aniq muzokaralar olib borilayotgani yo‘q, biroq La Liga grandi o‘yinchini kuzatishda davom etmoqda.

Transfermarkt portalida Pedru Netuning bahosi 60 mln yevro etib belgilangan, uning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 13:30, 13.03.2026.
O'qildi: 1841 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик