Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Arbeloa: «Menda Tyago Pitarchning mahoratiga hech qachon shubha bo‘lmagan»

Arbeloa: «Menda Tyago Pitarchning mahoratiga hech qachon shubha bo‘lmagan»

Baho:
+ | -

«Real Madrid» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoaning yosh futbolchisi Tyago Pitarchni maqtadi. Shu haftada ushbu o‘yinchi Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi «Manchester Siti»ga qarshi bahsda madridliklarning asosiy tarkibida maydonga tushdi.

Ko‘plab ekspertlar va futbol ishqibozlari uchun kutilmagan tarzda, «Real» 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Pitarch uchrashuvning 76-daqiqasida zaxiraga olindi.

«Odamlar yosh futbolchilarga shubha bilan qarashlarini tushunaman, lekin menda Pitarch borasida hech qanday ikkilanish yo‘q edi. Tyago — juda yaxshi futbolchi, men u uchun xursandman», — deya Arbeloaning so‘zlarini keltirmoqda jurnalist Fabrisio Romano.

Ertaga «Real» Ispaniya chempionati doirasida o‘z maydonida «Elche»ga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 13:31, 13.03.2026.
O'qildi: 667 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик