Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ris Jeyms nega katta puldan voz kechganini tushuntirdi

Ris Jeyms nega katta puldan voz kechganini tushuntirdi

Baho:
+2 | -

«Chelsi» sardori Ris Jeyms yaqinda klub bilan shartnomasini uzaytirdi. 26 yoshli futbolchining «ko‘klar» bilan yangi kelishuvi 2032 yilgacha mo‘ljallangan.

«Boshqa joyda ko‘proq pul ishlab topishim mumkinmidi? Ha, lekin pul — hamma narsa emas. Men uchun baxtli his qilish va o‘zim xohlagan joyda o‘ynash muhimroq», — deya yarim himoyada ham harakat qila oladigan o‘ng qanot himoyachisining so‘zlarini keltiradi jurnalist Kiran Jill.

Ris Jeyms futboldagi ilk qadamlaridanoq «Chelsi» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda futbolchi London jamoasi safida barcha turnirlarda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga ikkita gol va yettita golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 12:44, 14.03.2026.
O'qildi: 819 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик