Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Tottenxem» yulduzlari o‘zlariga yangi jamoa qidira boshlashdi

«Tottenxem» yulduzlari o‘zlariga yangi jamoa qidira boshlashdi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» yarim himoyachisi Xavi Simons va jamoa vingeri Muhammad Kudus o‘z agentlariga yangi jamoa qidirishni boshlash vazifasini topshirdi. Bu haqda The Touchline nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, har ikki futbolchi hamon «Tottenxem»ga Angliya Premyer-ligasidagi o‘rnini saqlab qolishda yordam berishga e’tibor qaratgan. Biroq, ta’kidlanishicha, Simons va Kudus jamoa quyi ligaga tushib ketgan taqdirda Chempionshipda o‘ynashga tayyor emaslar, shu sababli har ehtimolga qarshi boshqa variantlarga ega bo‘lishni xohlashmoqda.

29 turdan so‘ng «Tottenxem» Angliya chempionati turnir jadvalida 29 ochko bilan 16-o‘rinni egallab turibdi. «Shporlar»ning xavfli hududdan farqi bor-yo‘g‘i bir ochkoni tashkil etadi.

Kiritildi: 12:49, 14.03.2026.
O'qildi: 2469 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик