Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Liverpul" o‘z futbolchisi kelajakda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishiga ishonmoqda

"Liverpul" o‘z futbolchisi kelajakda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishiga ishonmoqda

Baho:
+ | -

«Liverpul» o‘tgan yilning yozida klubga kelib qo‘shilgan Florian Virsga katta umidlarni bog‘lamoqda. «Qizillar» futbolchi uchun «Bayer»ga 125 million yevro to‘lashgan edi, biroq u Angliyada darhol o‘z o‘rnini topib keta olmadi. TEAMtalk ma’lumotlariga ko‘ra, «Liverpul»ning yuqori martabali rahbarlari Virsda nafaqat jamoaning ko‘p yillik yetakchisini, balki kelajakda «Oltin to‘p» uchun kurasha oladigan dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan birini ko‘rishmoqda.

Florian Virsning mersisaydliklar bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan. Arne Slot jamoasining joriy mavsumdagi 37 ta o‘yinida 22 yoshli hujumkor yarim himoyachi oltita gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:56, 14.03.2026.
O'qildi: 939 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик