Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Flik Gavining qaytishiga munosabat bildirdi

Flik Gavining qaytishiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» yarim himoyachisi Gavi oxirgi marta 23 avgust kuni maydonga tushgan edi. Ko‘p o‘tmay, tizzasidagi muammo tufayli Gavi jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Xavbek uzoq vaqt davomida tiklanish jarayonini o‘tadi va mana endi Kataloniya klubi Gavi o‘ynashga tayyor ekanligini e’lon qildi. Jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik matbuot anjumanida vaziyatga izoh berdi.

«U o‘yinga tayyor bo‘ladimi yoki yo‘qmi, bilmayman. A, biz bu haqda allaqachon e’lon qilib bo‘ldikmi? (kuladi). U tibbiy ruxsatnomani oldi va men bundan juda xursandman. Umid qilamanki, u maydonda bir necha daqiqa o‘tkaza oladi. Mashg‘ulotlarda uning ijrosida ko‘rganlarim menga ma’qul keldi, lekin, albatta, uning qaytishini to‘g‘ri boshqarishimiz kerak. Gavi bilan qadamma-qadam harakat qilish lozim. U qiyin davrni boshdan kechirdi, biroq uning oldida hali ko‘p yillik futbol bor. Uning yana biz bilan ekanligidan xursandman. Bu u uchun muhim o‘yin bo‘ladi», — dedi Flik.

«Barselona» 15 mart kuni «Sevilya»ni qabul qiladi.

Kiritildi: 19:54, 14.03.2026.
O'qildi: 1031 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик