Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 0-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 0-0 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 0-0 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-0 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

"Inter Mayami" safiga Portugaliya terma jamoasi yulduzi borib qo‘shilishi mumkin

"Inter Mayami" safiga Portugaliya terma jamoasi yulduzi borib qo‘shilishi mumkin

Baho:
+ | -

MLSning «Inter Mayami» klubi «Manchester Siti» sardori Bernardu Silvani o‘z safiga qo‘shib olishni ko‘zlamoqda. Klub hujumchisi Lionel Messi ushbu transferni allaqachon ma’qullagan, bu esa «Inter Mayami» loyihasini portugaliyalik yarim himoyachi uchun yanada jozibali qiladi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

31 yoshli Silvaning shartnomasi iyun oyi oxirida tugaydi, bu esa unga Manchesterni to‘qqiz mavsum va klub safidagi 400 dan ortiq o‘yindan so‘ng erkin agent sifatida tark etish imkonini beradi.

Manbaning xabariga ko‘ra, «Yuventus» ham Silvani o‘zining ustuvor maqsadi sifatida ko‘rib chiqmoqda. «Inter»ning (Mayami) asosiy ko‘ziri moliyaviy jihat bo‘lishi mumkin: «Manchester Siti»da Bernardu yiliga taxminan 19,5 million funt sterling (22,6 million yevro) maosh oladi. Turin klubiga o‘tish uchun u katta ehtimol bilan maoshining kamayishiga rozi bo‘lishi kerak, AQSHda esa unga ancha foydaliroq shartlar taklif qilinmoqda.

Joriy mavsumda Silva «shaharliklar» safida 39 ta o‘yinda ishtirok etib, ikkita gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchini 27 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 22:30, 14.03.2026.
O'qildi: 1293 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик