«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yarim himoyachi Frenki de Yongning tiklanish muddatlari haqida to‘xtalib o‘tdi.
«Biz de Yong terma jamoalar o‘yinlari tufayli yuzaga keladigan tanaffusdan so‘ng qaytadi, deb umid qilamiz. Hammasi yaxshi ketmoqda. O‘ylaymanki, milliy jamoalar bahslaridan keyin u yana tarkibga kiritilishi mumkin bo‘ladi», — dedi Flik shanba kungi matbuot anjumanida jurnalistlarga.
Terma jamoalar o‘yinlari sababli berilgan tanaffusdan keyingi ilk uchrashuvini «Barselona» 4 aprel kuni safarda «Atletiko»ga qarshi o‘tkazadi.













