Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

APL klubi «Inter»ning istiqbolli hujumchisiga xaridor

APL klubi «Inter»ning istiqbolli hujumchisiga xaridor

Baho:
+ | -

«Inter» hujumchisi Franchesko Pio Espozito Angliya Premyer-ligasi vakillarining e’tiborini tortdi.

Shanba kuni Milan grandining «Atalanta»ga qarshi kechgan bahsida «Nyukasl» skauti ishtirok etdi. Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, «qarg‘alar» hujumchi Espozitoga qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari, manbaning qayd etishicha, APL klubi bergamoliklar himoyachisi Jorjo Skalvinini ham kuzatmoqda.

20 yoshli Espozito «Atalanta» bilan uchrashuvda raqib darvozasini ishg‘ol qildi, biroq bu uning jamoasiga g‘alaba qozonish uchun yordam bermadi — 1:1. Mehmonlar bahs yakunida hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Transfermarkt portali «Inter»ning istiqbolli futbolchisi Espozitoni 35 mln yevroga, 22 yoshli Skalvinini esa 25 mln yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 12:11, 15.03.2026.
O'qildi: 673 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик