Kirish Ro'yxatdan o'tish

Alessandro Bastoni «Barselona»ga o‘tishga rozi, biroq bir sharti bor

Alessandro Bastoni «Barselona»ga o‘tishga rozi, biroq bir sharti bor

Baho:
+ | -

«Inter» markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, 26 yoshli italiyalik futbolchi agar moliyaviy shartlar uni qoniqtirsa, Kataloniya klubiga o‘tishga tayyor. «Barselona» sport direktori Deku va jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Bastonini himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun ustuvor variant deb hisoblashmoqda. Transfer summasi 80–100 million yevroni tashkil etishi mumkin.

Joriy mavsumda Bastoni barcha turnirlarni hisobga olganda 35 ta o‘yinda maydonga tushdi, o‘z hisobiga ikkita gol va oltita golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 12:37, 15.03.2026.
O'qildi: 5134 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик